Gabriel Jezus: "Nega yana men?"
11 DEKABR, 2025, 17:18
"Arsenal" forvardi Gabriel Jezus o'zining tizzasidan olgan jarohati ruhiyatiga qanday ta'sir qilgani haqida fikr bildirdi. Futbolchi shunday deydi:
"Jarohatlar kelaverganidan charchab ketganman. Ilk bor, bir yil maydonga tusha olmasligimni bilganimda, ikki-uch hafta "nega aynan men, yana men?" degan savol miyyamda aylangan. Nuqul menga jarohat etaveradi. Keyin esa qalban Isoga, Xudoga yaqin bo'lishim kerakligini anglab etdim.
Har kuni Bibliyani o'qiyman. Bu narsa menga katta ruhiy quvvat beradi. 11 oydan keyin maydonga qaytgach, hammasi xudoning rejasi ekanini bildim".
Braziliya terma jamoasi a'zosi kecha EChL bahsida 62 daqiqada maydonga tushirilgan edi.
