Kvaratsxeliya: "PSJ" uchun hatto safarda durang ham yomon natija"
11 DEKABR, 2025, 17:12
"PSJ" vingeri Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidan o'rin olgan "Atletik"ka (0:0) qarshi o'yinni sarhisob qildi.
"Biz - Parij, biz - chempionmiz va har bir o'yinda g'alaba qozonishga intilamiz. O'yin safarda o'tayotgan bo'lsa ham, durangdan norozimiz. Har bir o'yinda g'alaba uchun o'ynaymiz va durang - bu yomon natija", - deya Kvaratsxeliyaning so'zlarini keltiradi UEFA sayti.
"PSJ" Bilbaodagi o'yin natijasiga ko'ra, Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo'llanmani naqd qildi.
