logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" Salohni saqlab qolmoqchi, ammo Muhammad nohaqligini tan olishini kutmoqda

 11 DEKABR, 2025, 15:12

Angliyaning "Liverpul" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Muhammad Salohni saqlab qolishni istamoqda, ammo shu bilan birga, misrlik "qizillar" bosh murabbiyi Arne Slotga nisbatan keskin fikr bildirgani uchun o'z xatosini tan olishini kutmoqda. Bu haqda Indykaila News X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Salohning so'zlari klub rahbariyatida hayrat uyg'otgan, "Liverpul" bosslari misrlik bu bilan nimaga erishmoqchi bo'lganini tushunmayapti. Avvalroq, Muhammad Salohga Saudiya klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Saloh mersisaydliklar safida 2017 yil yozidan buyon to'p surib kelmoqda. "Qizillar" bilan birga vinger APL, Chempionlar ligasi, ichki kuboklar, klublar o'rtasidagi jahon chempionati va boshqa sovrinlarni qo'lga kiritdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ