Slot: «Uzrni men so'rashim kerakmi yoki o'yinchi?»
11 DEKABR, 2025, 12:54
Angliyaning "Liverpul" klubi bosh murabbiyi Arne Slot mersisaydliklarning yulduz hujumchisi Muhammad Saloh bilan ziddiyat haqida gapirdi.
- Siz hayotda hamma xato qiladi, deyapsiz... demak, birinchi navbatda, o'yinchi o'zini ham xatoga yo'l qo'ygan deb hisoblaydimi? Keyingi savol: tashabbus mendan chiqishi kerakmi yoki o'yinchidanmi?" - deya Slotning so'zlarini keltiradi jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida.
