Semeno «Arsenal» va «Tottenxem» o'rtasida tanlov qildi
11 DEKABR, 2025, 12:36
"Bornmut" vingeri Antuan Semeno faoliyatini qaysi klubda davom ettirishni ma'qul ko'rishi ma'lum bo'ldi.
SunSport nashrining ta'kidlashicha, Semenoga Londonning "Arsenal" klubiga o'tish istiqboli juda yoqmoqda. Shu sababli, futbolchi "Tottenxem" variantidan uzoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli vingerning "Bornmut" bilan shartnomasida tovon puli haqida band bor, u 74 million evroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda Semeno barcha turnirlarda 15ta o'yinda maydonga tushib, 6 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 3ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
