logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" hujumida juda katta muammolar mavjud. Kecha 22 yillik antirekord yangilandi

 11 DEKABR, 2025, 12:06

Madridning "Real" klubi Chempionlar Ligasi doirasida o'z maydonida "Manchester Siti"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 1:2.

"Qaymoqranglilar" darvozaga 16 ta zarba yo'lladi, ammo ulardan atigi 1 tasi mo'ljalga aniq etib bordi.

Mehmonlar ancha samarali harakat qilishdi va 12 ta holatdan sakkiztasida aniq zarba berishdi. The Touchline nashrining qayd etishicha, bu "Real" 2003/04 yilgi mavsumdan buyon qayd etgan eng past ko'rsatkich.

Madrid grandi safida yagona golga 28-daqiqada Rodrigo mualliflik qildi. "Shaharliklar" safida Niko O'Rayli 35 va Erling Xoland 43-daqiqalarda gol urdi.

So'nggi sakkiz o'yinda "Real" atigi ikki marta g'alaba qozonib, uch marta mag'lubiyatga uchragan, yana uch marta durang qayd etilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ