logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xabi Alonso Rodrigoning o'yiniga baho berdi

 11 DEKABR, 2025, 09:06

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Rodrigoning "Manchester Siti"ga (1:2) qarshi o'yindagi harakatlari haqida fikr bildirdi.

Braziliyalik futbolchi 28-daqiqada "qaymoqranglilar"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa-da, g'alaba baribir mehmonlar tomonida bo'ldi.

"O'ylashimcha, Rodrigoning o'yini bugungi oqshomning asosiy ijobiy mavzularidan biri. U nafaqat to'p bilan, balki to'psiz ham yaxshi edi. Rodrigo uchun juda xursandman - bu gol u uchun juda muhim. Bundan buyon uning o'yini yaxshilanib boradi. Biz uni qo'llab-quvvatlashda davom etishimiz kerak," - dedi Alonso matbuot anjumanida.

24 yoshli vinger "Real" safida mart oyidan buyon ilk bor gol urdi. Golsiz seriya 32 ta o'yin davomida davom etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ