logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Boks bo'yicha JCh. Yarim finaldagi ishtirokchilari soni bo'yicha kim etakchi?

 11 DEKABR, 2025, 09:00

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo'yicha Jahon chempionatida bugun yarim final janglari o'tkaziladi.

Rossiyaning barcha 13 nafar a'zosi ushbu bosqichgacha etib keldi. O'zbekiston esa ushbu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinni egallab turibdi — 9 bokschi.

Qozog'istonning 6 bokschisi yarim finalda ishtirok etsa, Armaniston 5 sportchi bilan ushbu bosqichda qatnashadi.

Boks bo'yicha jahon etakchisi hisoblangan Kubaning bor-yo'g'i bir a'zosi yarim finalgacha etib keldi.

Yarim finalga eng ko'p bokschi bilan yo'l olgan terma jamoalar:

Rossiya — 13
O'zbekiston — 9
Qozog'iston — 6
Armaniston — 5
Ozarboyjon — 3
Gruziya — 2
Zambiya — 2
Ispaniya — 2
Qirg'iziston — 2
Tojikiston — 2
Belarus — 1
Kuba — 1
Mali — 1
Moldova — 1
Nepal — 1
Turkmaniston — 1

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ