Bellingem: "Bugun nimadir o'zgardi"
11 DEKABR, 2025, 08:18
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Chempionlar ligasida "Manchester Siti"ga qarshi kechgan o'yindan keyin muxlislarning noroziligiga izoh berdi.
"Bugun nimadir o'zgardi - men buni his qilyapman. Endi har birimiz o'zimizni takomillashtirishimiz kerakligini tushunishimiz kerak. Bizga nima uchun hushtak chalayotganlarini tushunaman. Biz dunyoning eng yaxshi klubida o'ynaymiz va odamlar bizni qo'llab-quvvatlash uchun katta pul to'lashadi," - dedi Bellingem CBS Sports’ga bergan intervyusida.
Madridliklar yakshanba kuni La Liga doirasida "Alaves" mehmoni bo'ladi.
