logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

IBA Jahon chempionatining 1/2 finaliga qaysi davlatdan necha nafar bokschi etib keldi?

 11 DEKABR, 2025, 08:00

Dubay mezbonligida o'tayotgan IBA Jahon chempionatining 1/2 finaliga Nepal va Turkmanistondan ham bokschilar etib keldi.

Kecha o'tkazilgan chorak final janglari natijasiga ko'ra, eng ko'p ishtirokchi Rossiyadan - 13 nafar! Ikkinchi o'rindan O'zbekiston terma jamoasi joy olgan. To'qqiz nafar bokschimiz yarim finalga etib kelish asnosida jahon chempionatining kamida bronza medalini naqd qildi. 

CHorak finalda ko'p yo'qotishga uchragan Qozog'iston terma jamoasining 6 nafar vakili 1/2 finalga yo'l oldi. Armaniston 5, Ozarbayjon 3, Gruziya, Zambiya, Ispaniya, Qirg'iz Respublikasi va Tojikistondan 2 nafardan bokschi final chiptasi uchun ringga chiqadigan bo'ldi. Yarim finalchilar orasida hatto Nepaldan ham bokschi bor.  

IBA Jahon chempionati. 1/2 final ishtirokchilari:

Rossiya — 13

O'zbekiston — 9

Qozog'iston — 6

Armaniston — 5

Ozarbayjon — 3

Gruziya — 2

Zambiya — 2

Ispaniya — 2

Qirg'iz Respublikasi — 2 

Tojikiston — 2

Belarus — 1

Kuba — 1

Mali — 1

Moldova — 1

Nepal — 1

Turkmaniston — 1



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ