logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. «Bayer» «Nyukasl» bilan durang o'ynadi

 11 DEKABR, 2025, 03:24

"Bayer" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 6-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi bahsda durang qayd etdi - 2:2. O'yin Germaniyaning "Bay-Arena" stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida leverkuznliklar Bruno Gimaraesning avtogoli evaziga oldinga o'tib oldi. Tanaffusdan keyin "qarg'alar" hisobni tenglashtirdi va oldinga chiqib oldi - Antoni Gordon penaltini aniq amalga oshirdi, oradan 20 daqiqa o'tib Gordon Lyuis Maylining goliga assistentlik qildi. 88-daqiqada leverkuzenliklar himoyachisi Alexandro Grimaldo hisobni tenglashtirib, jamoani mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

"Nyukasl" ochkolarini 10 taga etkazib, umumiy turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi. "Bayer" esa 20-pog'onaga tushib ketdi - 9 ochko.

EChL. 6-tur
11 dekabr, 01:00
Bayer - Nyukasl - 2:2
Gollar: Gimarayns, 13 - v svoi vorota (1:0). Gordon, 51 - penaltidan (1:1). Mayli, 74 (1:2). Grimaldo, 88 (2:2)
Bayer: Flekken, Andrix, Tapsoba, Kuansa, Garsiya, Maza, Grimaldo, Artur (Bade, 90), Poku (Tella, 71), Tillman (Echeverri, 85), Shik (Kofane, 46)
Nyukasl Yunayted: Ramsdeyl, Tshau, Bern, Xoll, Livramento, Tonali, Joelinton (Mayli, 60), Gimarayns, Gordon (Remsi, 90+3), Barns (Merfi, 78), Voltemade (Vissa, 90+3)
Ogohlantirishlar: Poku, 47. Garsiya, 50 - Tshau, 21. Ramsdeyl, 82

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ