«Real»ning «Selta»ga qarshi o'yinida qizil kartochka olgan futbolchilarining diskvalifikatsiya muddati ma'lum bo'ldi
10 DEKABR, 2025, 23:36
"Real" o'tgan yakshanba kuni La Ligada o'z maydonida "Selta"ga yutqazib qo'ydi - 0:2.
Ushbu bahsda "qirollik klubi"ning qizil kartochka olgan futbolchilariga jazo tayinlandi.
Unga ko'ra, Fran Garsiya 1 ta o'yinga, Dani Karvaxal, Alvaro Karreras va Endrik ikkitadan o'yinga chetlatildi.
"Real" La Ligada navbatdagi o'yinini 14 dekabr kuni safarda "Alaves"ga qarshi o'tkazadi.
