logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

“Arsenal” o'z vunderkindini uzoq muddatga yo'qotdi

 10 DEKABR, 2025, 22:06

Londonning “Arsenal” jamoasida yarim himoyachi Maks Douman jarohat oldi. 15 yoshda debyut qilgan futbolchi yaqin orada “kanonirlar”ga yordam bera olmaydi. Bu haqda insayder Devid Ornshteyn X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Yosh xavbekda to'piq bo'g'imi bog'lamlari jarohati aniqlandi. Doumanning tiklanish muddati taxminan 2 oy etib belgilanmoqda. U kattalar darajasida joriy yil avgust oyida debyut qilgan edi.

Joriy mavsumda Douman barcha musobaqalarda 5 ta o'yin o'tkazdi. Shu bilan birga, u UEFA Yoshlar Ligasida U-19 jamoasi hamda Premer-liga zaxiralar turnirida U-21 jamoasi safida ham ishtirok etib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ