logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saudiya chempionati direktori Salohning transferi haqida gapirdi

 10 DEKABR, 2025, 21:54

Saudiya Arabistonida "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning mahalliy klublardan biriga o'tganidan xursand bo'lishadi.

Biroq, klublar "Liverpul" va futbolchi bilan muzokaralar olib borishi kerak, liga ularga hech qanday yordam ko'rsatmaydi.

"Salohni Saudiya Arabistoni ligasida ko'rishdan xursand bo'lamiz, ammo aynan klublar futbolchilar bilan muzokaralar uchun javobgardir," - deya Saudiya Arabistoni Pro-ligasi bosh direktori Umar Mugarbelning so'zlarini keltiradi Aawsat.

Avvalroq, Salohga Saudiyaning birdaniga beshta klubi, jumladan, Krishtianu Ronaldu to'p tepayotgan "An-Nasr" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Saloh "Liverpul" bosh murabbiyi Aren Slot bilan janjallashib qolgan va Chempionlar ligasi doirasidagi "Inter"ga qarshi o'yin qaydnomasidan chetlatilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ