logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev Qozog'iston bokschisiga qarshi jang qildi

 10 DEKABR, 2025, 19:48

Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatining chorak final bellashuvlari o'tkazilmoqda.

Musobaqada -67 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz, Olimpiada va Jahon chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev chorak finalda Qozog'iston vakili Sanatali Toltaevga qarshi ringga ko'tarildi.

Jang to'liq 3 raund davom etdi va unda Asadxo'ja 4:1 hisobida g'alabaga erishdi. 

Malumot uchun, Asadxo'ja bungacha musobaqa doirasida Bagam Orollari hamda IBA Pro jamoasi tarkibida musobaqada qatnashayotgan armanistonlik bokschidan ustun kelgandi. 

Endi bokschimiz yarim finalda Uganda yoki Moldova vakiliga qarshi jang qiladi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ