logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Dinamo" jamoa etakchisi ketganini tasdiqladi

 10 DEKABR, 2025, 18:30

«Dinamo» PFK Marko Stanoevich bilan amaldagi kelishuv yakuniga etgani bois xayrlashganini ma'lum qildi.

Serbiyalik 37 yoshli yarim himoyachi 2025 yil boshida «Dinamo» bilan bir yillik shartnoma imzolagan edi va kelishuv yakuniga etgach, tomonlar o'zaro do'stona xayrlashishdi.

«Marko Stanoevich mavsum davomida o'z o'yinlari, katta tajribasi, insoniyligi va haqiqiy professionalligi bilan jamoamizning yutuqlariga salmoqli hissa qo'shdi hamda samarqandlik muxlislar mehrini qozondi. U Superliga-2025da 28 o'yinda maydonga tushib, 1563 daqiqa harakat qilib, 2ta golga mualliflik qildi. O'zbekiston kubogida ham 4ta o'yinda to'p surdi. Bu orqali «Dinamo»ning kubokda yarimfinalgacha etib borishiga va chempionatda eng yaxshi natijasini takrorlashiga yordam berdi.

«Dinamo» jamoasi Stanoevichning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi. Hammasi uchun rahmat, Marko!», - deyiladi klub bayonotida.

Kecha, 10 dekabr kuni Stanoevich o'z Instagram sahifasida klub bilan xayrlashgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ