logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Guti: "Xabi Alonso - "Real" uchun eng yaxshi variant"

 10 DEKABR, 2025, 16:30

Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Guti Xabi Alonsoni qo'llab-quvvatlab, uni "qirollik klubi" uchun ideal murabbiy deb hisoblashini aytdi.

Sobiq futbolchining so'zlariga ko'ra, murabbiyning obro'si borasidagi shubhalar futbolchilardan emas, balki media muhitidan kelib chiqadi. Guti Alonsoning jamoani qayta qurish va vaziyatni barqarorlashtirish uchun to'liq vaqti bo'lmaganini ta'kidladi.

- Shubhasiz, u ["Real" uchun] hammadan yaxshi murabbiy. Futbolchilar murabbiyning obro'sini tushiradimi? Aksincha, menimcha, uni jurnalistlar tushirmoqda," - deya Gutining so'zlarini keltiradi Marca.

"Real" tarkibiga izoh berar ekan, Guti jamoa sifatli to'ldirilganini, ammo jarohatlarning ko'pligi o'yinga jiddiy ta'sir ko'rsatayotganini ta'kidladi, bu o'tgan mavsumda ham sodir bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ