logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Holand — APLning eng qimmat futbolchisi, Abduqodir Husanov 96-pog'onada

 10 DEKABR, 2025, 16:18

Transfermarkt portali Angliya Premer Ligasida to'p tepadigan futbolchilarining transfer narxini yangiladi. Eng qimmat futbolchi sifatida “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand qayd etildi. Yangilangan qiymatga ko'ra, norvegiyalik hujumchining narxi 200 million evroga baholangan. Ikkinchi o'rinda “Arsenal” vingeri Bukayo Saka (130 mln evro) joy oldi. Kuchli uchlikni yana bir “Arsenal” futbolchisi Deklan Rays yakunlab bergan — 120 mln evro.

O'zbekiston terma jamoasi hamda “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovning narxi o'zgarishsiz qoldi. Ayni paytda futbolchining qiymati 35 million evroga teng. Husanov hozirda Angliya Premer Ligasida to'p tepadigan eng qimmat 96-futbolchi hisoblanadi. “Manchester Siti”da esa 16-pog'onanni egallab turibdi.

Transfermarkt talqiniga ko'ra APLning eng qimmat 10 futbolchisi:

1. Erling Holand (“Manchester Siti”) — 200 mln evro
2. Bukayo Saka (“Arsenal”) — 130 mln evro
3. Deklan Rays (“Arsenal”) — 120 mln evro
4. Aleksander Isak (“Liverpul”) — 120 mln evro
5. Koul Palmer (“Chelsi”) — 120 mln evro
7. Florian Virts (“Liverpul”) — 110 mln evro
8. Moyses Kaysedo (“Chelsi”) — 110 mln evro
9. Uilyam Saliba (“Arsenal”) — 90 mln evro
10. Rayan Gravernberx (“Liverpul”) — 90 mln evro
12. Dominik Soboslai (“Liverpul”) — 85 mln evro

Shuningdek, Transfermarkt so'nggi yangilanishda qiymati keskin pasaygan futbolchilar ro'yxatini ham e'lon qildi. “Liverpul” ikki futbolchisi — hujumchi Aleksander Isak va yarim himoyachi Florian Virts eng ko'p arzonlashgan futbolchilar bo'ldi. Har ikkisining qiymati 20 million evroga pasaygan. Kuchli uchlikni ham mersisaydliklar a'zosi yakunlagan bo'lib, Aleksis Makallisterning narxi 15 million evroga kamaygan.

APLning eng ko'p arzonlashgan 10 futbolchisi:

1. Aleksander Isak (“Liverpul”) — 120 mln evro (– 20 mln evro)
2. Florian Virts (“Liverpul”) — 110 mln evro (– 20 mln evro)
3. Aleksis Makallister (“Liverpul”) — 85 mln evro(– 15 mln evro)
4. Rodri (“Manchester Siti”) — 75 mln evro(– 15 mln evro)
5. Muhammad Saloh (“Liverpul”) — 30 mln evro (– 15 mln evro)
6. Bukayo Saka (“Arsenal”) — 130 mln evro (– 10 mln evro)
7. Omar Marmush (“Manchester Siti”) — 65 mln evro (– 10 mln evro)
8. Xavi Simons (“Tottenhem”) — 60 mln evro (– 10 mln evro)
9. Benyamin Sheshko (“Manchester Yunayted”) — 60 mln evro(– 10 mln evro)
10. Ben Uayt (“Arsenal”) — 30 mln evro (– 8 mln evro)

Ma'lumot uchun, ayni paytda dunyoning eng qimmat futbolchisi Erling Holand hamda Lamin Yamal bo'lib turibdi. Har ikki futbolchining qimmati 200 million evroga teng. Kuchli uchlikni esa “Real” hujumchisi Kilian Mbappe yakunlab bergan — 180 mln evro.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ