logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

50 yoshli Oksana Chusovitina 2028-yilgi yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmoqchi

 10 DEKABR, 2025, 15:00

1992-yilgi Olimpiada chempioni, 50 yoshli o'zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina 2028 yil Los-Anjelesda bo'ladigan yozgi Olimpiya o'yinlari saralashida ishtirok etishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Sportchi bu haqda TASS axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Bu yil Jahon chempionatiga (Jakarta) borishni rejalashtirganim yo'q edi. To'rtala snaryad bo'yicha yangi dasturlarni tayyorlash uchun bir oz tanaffus qilishga qaror qildim. Hozir faqat mashg'ulotlarga e'tibor qaratmoqchiman, musobaqalarga chalg'imoqchi emasman. Asosiy maqsadim — Los-Anjeles yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish. Shu sababdan saralash bosqichi uchun tinchgina tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilganman”, dedi Chusovitina TASS bilan suhbatda.

Oksana Chusovitina tarixda sakkiz marotaba Olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachi bo'lib, 1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016 va 2020-yilgi o'yinlarda ishtirok etgan. Chusovitina faoliyati davomida Olimpiada oltin medali, 3 karra Jahon chempionatining g'olibi, shuningdek, Evropa va Osiyo o'yinlari g'olibligini qo'lga kiritgan. U turli yillarda SSSR, Germaniya va O'zbekiston terma jamoalari sharafini himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ