logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" qishda "Galatasaroy" futbolchisini sotib olmoqchi. Transfer uchun 43 million evro ajratilgan

 10 DEKABR, 2025, 12:24

"Galatasaroy" qanot himoyachisi Vilfred Singo "Liverpul" futbolchisiga aylanishi mumkin. Ushbu ma'lumotlar Fotomac va Foot-Sur7 tomonidan taqdim etilgan.

Manbaga ko'ra, "Liverpul" 43 million evrolik taklif tayyorlamoqda, shundan 28,5 foizi qat'iy, qolgani bonuslar bo'ladi. Singoning "Galatasaroy" bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Ta'kidlanishicha, shartnomada tovon puli to'g'risida band bor, u 59 mln evroni tashkil qiladi. Tomonlar o'rtasida dastlabki muzokaralar allaqachon bo'lib o'tgan. Avvalroq, himoyachiga "Aston Villa" qiziqish bildirayotgan edi.

"Galatasaroy" Singoni joriy yilning yozida "Monako"dan sotib olgan edi. Turkiya jamoasi tarkibida u o'nta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ