logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» 16 yil deganda Salohsiz bu ishni uddaladi

 10 DEKABR, 2025, 11:42

Muhammad Salohning yo'qligi "Liverpul"ga Chempionlar Ligasida Milanning "Inter" klubini mag'lub etishga (1:0) xalaqit bermadi.

Italiyada Arne Slot jamoasi 88-daqiqada Dominik Soboslaining penaltidan aniq zarbasi evaziga 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Opta’ning yozishicha, bu 2009 yilning noyabridan buyon ilk bor mersisaydliklar Chempionlar ligasi safar o'yinida Salohsiz g'alaba qozongan. 16 yil muqaddam Vengriyaning "Debretsen" jamoasi ham xuddi shu hisobda mag'lub etilgandi.

Muhammad Saloh yaqinda bergan shov-shuvli intervyusi tufayli "Liverpul" bilan Milanga uchmadi. Yulduz futbolchining "qizillar" safiga qachon qaytishi hozircha ma'lum emas. Misrlik futbolchi 2017 yilning yozidan buyon klub sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ