logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik Yamalning o'zgarishdan noroziligi haqida fikr bildirdi

 10 DEKABR, 2025, 08:42

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar Ligasi 2-turidan o'rin olgan "Ayntraxt"ga (2:1) qarshi o'yin oxirida vinger Lamin Yamalni almashtirgani haqida fikr bildirdi.

18 yoshli futbolchi golli uzatma amalga oshirib, "ko'k-anorranglilar"ning irodali g'alabasiga hissa qo'shdi. 56-daqiqada ispaniyalik sariq kartochka oldi, shu sababli u turnirning keyingi o'yinida maydonga tushmaydi, 89-daqiqada esa murabbiy uning o'rniga Runi Bargjini maydonga tushirdi.

"Yamalni almashtirishga qaror qildik, chunki o'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolgandi, unda esa sariq kartochka bor edi. Uning noroziligini tushunaman - bu menga yoqadi. Men ham futbolchi edim. Hammasi joyida, hech qanday muammo yo'q," - deya Flikning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Uchrashuv qahramoni dubl qayd etgan himoyachi Jyul Kunde bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ