Anchelottining fikricha, EChL va APLda bir jamoa g'alaba qozonadi
9 DEKABR, 2025, 21:48
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi va Premer-ligada qaysi jamoalar g'olib chiqishini taxmin qildi.
"Arsenal" mavsumni yaxshi boshladi. Ularning ajoyib jamoasi bor, juda kuchli. Albatta, men ularga muxlislik qilaman, chunki u erda mening futbolchim - Gabriel o'ynaydi," - dedi Anchelotti Braziliyaning TNT Sports telekanalidagi dasturda.
Aytish joizki, "Arsenal" so'nggi bor 2004 yilda Angliya chempionligini qo'lga kiritgan.
