logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Freestyle Chess Grand Slam Final». Javohir Sindarov chorak finalda g'alaba qozondi va yarim finalda Magnus Karlsen bilan to'qnash keladi

 9 DEKABR, 2025, 21:36

Shaxmatning «Freestyle» yo'nalishi bo'yicha yilning yakuniy final musobaqasi Janubiy Afrikaning Keyptaun shahrida bo'lib o'tmoqda.

Unda ishtirok etayotgan o'zbekistonlik sportchi Javohir Sindarov kecha o'tkazilgan saralash bahslarida 1-o'rinni egallagani haqida ma'lumot berib o'tgandik.

Hamyurtimiz bugun chorak final bosqichi doirasida eronlik Parham Maqsudluga qarshi bahs olib bordi. Sindarov har ikkala partiyada raqibini mag'lub etdi — 2:0.

Javohir yarim finalda norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Vatandoshimiz saralash bosqichida ushbu raqibni mag'lub etgan edi. Magnus chorak finalda Fabiano Karuana (AQSh) ustidan g'alabaga erishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ