logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Freestyle Chess Grand Slam Finals. Sindarovning 1/2 finaldagi raqibi malum

 9 DEKABR, 2025, 21:16

Amerikalik Fabiano Karuana hamda norvegiyalik shaxmat afsonasi Magnus Karlsen o'rtasidagi hal qiluvchi tay-brek partiyasi Javohirning final ostonasidagi raqibini aniqlab berdi.

Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida umumiy mukofot jamg'armasi 750 000 dollarni tashkil etuvchi yakuniy Freestyle Chess Champion 2025 turnirida 1/2 final juftliklari aniqlandi. Sayyoramizning sakkiz nafar grossmeysteri ishtirokida kechayotgan nufuzli musobaqaning ikki 1/4 final juftligida g'oliblar qo'shimcha armageddon partiyasida aniqlandi.  

Biz uchun ahamiyatli chorak final uchrashuvida norvegiyalik shaxmat afsonasi Magnus Karlsen hamda amerikalik Fabiano Karuana o'zaro hisob-kitob qilishdi. Grossmeysterlar bittadan partiyada g'alaba qozonishdi - 1:1. G'olibni aniqlash uchun o'tkazilgan armageddon partiyasida Karlsen zafar quchdi. 

Yarim final uchrashuvlari ertaga o'tkaziladi va bizning vaqt bilan soat 16:00da boshlanadi. Unda Javohir Sindarov Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi. Final oldidan final bo'ladi. Hamyurtimiz saralash bosqichining ilk turidayoq Magnusni mag'lub etishga muvaffaq bo'lgandi va umid qilamizki, 1/2 finalda ham bu holat takrorlanadi. 

Eslatib o'tamiz, Javohir Sindarov Freestyle Chess Grand Slam Finals turnirining 1/4 finalida eronlik grossmeyster Parham Maqsudluni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ