"Liverpul" Germaniya terma jamoasi a'zosi bilan muzokara boshladi
9 DEKABR, 2025, 19:00
"Borussiya" Dortmund markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, "Liverpul" nemis grandi bilan 2027 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomasi bor 26 yoshli futbolchi bilan muzokaralarni boshlagan.
Dortmund Niko bilan kelisha olmasa, uni keyingi yozda 50 million evroga sotishga tayyor.
Joriy mavsumda Shlotterbek jami 15 ta o'yinda 1 ta gol va 2 ta assistni hisobiga yozdirib qo'ydi.
