logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ispaniya hakamlar texnik qo'mitasi prezidenti "Real" - "Selta" o'yini bosh hakamiga baho berdi

 9 DEKABR, 2025, 18:54

Ispaniya hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) prezidenti Fran Soto La Liga 15-turidan o'rin olgan "Real" - "Selta" (0:2) uchrashuvi hakami Alexandro Kinteroning ishiga baho berdi.

Ushbu o'yinda Kintero madridliklar himoyachilari Fran Garsiya va Alvaro Karrerasni maydondan chetlatdi, shuningdek, zaxira o'rindig'ida o'tirgan Endrikka qizil kartochka ko'rsatdi.

"Hakamlikdan mamnunmiz. Albatta, Kintero bu mavsumda "Real" o'yinlarini boshqarishi mumkin, agar buni maqsadga muvofiq deb hisoblasak," - dedi Soto.

Uning tushuntirishicha, hakamlarni tayinlash qo'mitasi "barcha hakamlar har bir klubning hech bo'lmaganda bitta o'yinini boshqarishi" va qarorlar "tashqi yoki ichki veto huquqisiz" qabul qilinishi ustida ishlamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ