Neymar Evropaga qaytishi yoki MLSga yo'l olishi mumkin
9 DEKABR, 2025, 18:18
Braziliyalik yulduz hujumchi Neymarning "Santos" bilan joriy yil oxirigacha mo'ljallangan shartnomasi yakunlanmoqda.
Globo nashri xabariga ko'ra, agar 33 yoshli futbolchi "Santos" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmasa, Evropaga qaytish va MLSga yo'l olish variantlarini ko'rib chiqadi.
Neymar yaqin orada tizzasini operatsiya qildiradi va 2026 yilgi Jahon chempionatiga to'liq formada borish maqsadida o'ziga yangi klub qidirishi mumkin.
Neymar joriy mavsumda jami 28 ta o'yinda 11 ta gol urib, 4 ta assist berdi va "Santos"ni Braziliya yuqori divizionida saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.
