Mayk Tayson Meyvezerga qarshi jangi qaerda va qachon o'tkazilishi mumkinligini aytdi
9 DEKABR, 2025, 17:06
Xalqaro boks shon-shuhrat zali a'zosi, shuningdek, boks bo'yicha super og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, amerikalik Mayk Tayson boks bo'yicha besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 48 yoshli hamyurti Floyd Meyvezer bilan boks qoidalari bo'yicha ko'rgazmali jang qachon va qaerda o'tkazilishini ma'lum qildi.
"Bu mart oyida Afrikada sodir bo'ladi. Bizning jangimiz aqlbovar qilmas voqea bo'ladi, u barcha rekordlarni yangilaydi va ushbu sport tarixidagi eng yirik voqealardan biriga aylanadi", - deya Taysonning so'zlarini keltiradi talkSPORT portali.
Maykning professional rekordi 50 ta g'alaba, ettita mag'lubiyat va ikkita jangi muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
