logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

“Real Madrid” Zidan bilan 6 oylik shartnoma imzolamoqchi

 9 DEKABR, 2025, 16:24

Madridning “Real” klubi rahbariyati Xabi Alonso o'rniga Zinedin Zidanni olib kelish haqida o'ylamoqda. Fichajes nashri xabariga ko'ra, “qirollik klubi” frantsiyalik mutaxassis bilan 6 oylik shartnoma imzolashni mo'ljallamoqda.

53 yoshli mutaxassis “Real”dagi ikki yillik faoliyati davomida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Ammo uning yana madridliklar boshqaruviga qaytish ehtimoli past baholangan. Chunki Zidan Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lmoqchi va allaqachon federatsiya bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, Zidan 2026-yilgi Jahon chempionati yakunlangach, Frantsiya terma jamoasi ustozi etib tayinlanadi.

Shu tariqa, “Real” mavjud muammoga darhol echim topish uchun yuqori darajadagi nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Agar Alonso jamoani tark etgach, hozirgi vaqtda yoshlar jamoalarini boshqarayotgan Alvaro Arbeloa vaqtinchalik murabbiy sifatida tayinlanadi.

Avvalroq “Real” Liverpul” sobiq ustozi, hozirgi kunda “Red Bull” kompaniyasida sport direktori vazifasida ishlayotgan Yurgen Klopp bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo Fichajes nashrining qayd etishicha, nemis mutaxassisi ispan klubi taklifiga rad javobini bergan.

Eslatib o'tamiz, Zinedin Zidan bungacha ikki bor Madridning “Real” klubiga bosh murabbiylik qilgan (2016–2018 va 2019–2021 yillar oralig'ida). Ushbu davr mobaynida u jamoa bilan uch marta UEFA Chempionlar Ligasi, ikki marta La Liga chempionligi va ikki bor Ispaniya Superkubogi g'olibligini qo'lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ