logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shlotterbek "Real" yoki "Bavariya"ga o'tmoqchi

 9 DEKABR, 2025, 15:30

Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek "Bavariya" yoki Madridning "Real" klubiga o'tish istagini bildirdi. Futbolchi ushbu klublardan biriga o'tishi mumkinligiga umid qilmoqda. 23 yoshli himoyachini o'z safiga qo'shib olish uchun da'vogarlar orasida "Barselona" ham bor, ammo kataloniyaliklar uchun hujumchi topish ustuvor bo'lib qolmoqda. Bu haqda Sky Sport Germany xabar bermoqda.

Shlotterbekning "Borussiya" bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Shunga qaramay, dortmundliklar allaqachon himoyachiga yaxshilangan shartlar bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi bitim taklif qilgan. Bu Nikoni jamoaning eng ko'p maosh oluvchi o'yinchilaridan biriga aylantiradi, bu esa uning kelajakdagi qaroriga ta'sir qilishi mumkin.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Shlotterbekning narxi 40 mln evroni tashkil qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ