logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Xabi Alonso o'rniga yangi nomzod

 9 DEKABR, 2025, 15:18

Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Alvaro Arbeloa yaqin orada jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Xabi Alonsoga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbalarga ko'ra, Arbeloa ushbu lavozimga ustuvor nomzodlardan biri hisoblanadi. Hozirda u "Real" yoshlar jamoasini boshqarmoqda.

Xabi Alonsoning iste'fosi Evropa Chempionlar ligasida "Manchester Siti"dan mag'lubiyatga uchragan taqdirda yuz berishi mumkin. Avvalroq OAVda bu lavozimga Yurgen Klopp va Zinedin Zidan nomzodlari ham muhokama qilingan edi.

"Real" 36 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Evropa Chempionlar Ligasida Madrid klubi 12 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ