logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dana Uayt qachongacha UFC rahbari sifatida qolmoqchi ekanini malum qildi

 9 DEKABR, 2025, 15:16

Las-Vegasdagi UFC 323 turniridan keyingi matbuot anjumanida 56 yoshli Dana Uayt shu mazmunda berilgan savolga ham javob berdi.

Dana TKO Group bosh kompaniyasi bilan promoushen ijrochi direktori sifatida UFC bilan shartnomasini yana besh yilga uzaytirishga kelishib olganini tasdiqladi.

"Ha, shartnomam uzaytirildi. Besh yil - yana bir uzaytirish. 2031 yil ketsam kerak", - dedi Uayt jurnalistlarga.

Dana Uaytning avvalgi shartnomasi 2019 yilda TKO Group bilan tuzilgan va 2,7 milliard dollarlik talab huquqiga ega bo'lgan UFC kreditorlari iltimosiga ko'ra besh yildan etti yilga uzaytirilgan.

Yaqinda UFC va Paramount kompaniyasi o'rtasida 7,7 mlrd dollarlik 7 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolangan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ