Bogdan Guskov UFC reytingida ko'tarildi
9 DEKABR, 2025, 14:16
UFC 323 turniridan so'ng tashkilot o'z reytingini yangiladi.Yarim og'ir vazn toifasida bir necha kun oldin sobiq chempion Yan Blaxovichga qarshi jang qilgan hamyurtimiz Bogdan Guskov durang orqali 1 pog'ona ko'tarildi va 10-o'ringa joylashdi.
Yan Blaxovich esa o'z o'rnida qoldi. Mazkur vaznda Aleks Pereyra chempionlik kamari egasi bo'lib turibdi.

Manba: olamsport.com
