logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Magnus Karlsen va Fabiano Karuanani o'z tug'ilgan kunida mag'lub etgan Sindarov kunning eng yaxshi shaxmatchisi bo'ldi

 9 DEKABR, 2025, 13:16

Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida jahon shaxmat yulduzlari ishtirokida Freestyle Chess Grand Slam Finals turniri bo'lib o'tmoqda.

Umumiy mukofot jamg'armasi 750 000 dollarni tashkil etuvchi yakuniy Freestyle Chess Champion 2025 turniri bosh sovrini uchun sayyoramizning sakkiz nafar grossmeysteri bahs olib boryapti. 

Quvonarlisi, Javohir Sindarov saralash bahslarini birinchi o'rinda yakunladi. Aynan kecha 20 yoshga to'lgan hamyurtimiz 1-turdayoq jahon reytingi peshqadami norvegiyalik Magnus Karlsenni chiroyli tarzda mag'lub etdi. Keyin reytingda o'zidan yuqorida turgan amerikalik Fabiano Karuanani ham engishga muvaffaq bo'ldi. Eronlik Parham Maqsudlu va Xans Niemann ham taslim etildi. Arjun Ergaisi, Vinsent Keymer va Levon Aronyan bilan durang o'ynadi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Etiborlisi, Javohir Sindarov tashkilotchilar tomonidan kunning eng yaxshi shaxmatchisi deb topildi. Bu uning tug'ilgan kuniga ajoyib sovg'a bo'ldi. To'rt g'alaba, uch  durang qayd etgan Sindarov saralash bahslari g'olibiga aylandi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

 Turnir jadvali peshqadami sifatida u 1/4 finaldagi raqibini tanlash huquqiga ega edi. U kutilganidek, 7 ta uchrashuvning barchasida mag'lubiyatga uchragan Parham Maqsudluni tanladi. Bugungi pley-off bahslari bizning vaqt bilan soat 16:00`da boshlanadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ