"Milan" jiddiy yo'qotishga uchradi
9 DEKABR, 2025, 12:36
Rafael Leau jarohat oldi.
"Milan" A Seriya 14-turida "Torino" (3:2) mehmoni bo'ldi.
27-daqiqada milanliklar vingeri mezbonlar darvozasiga uzoq masofadan zarba berdi. Shundan so'ng u sonning yuqori qismida og'riq sezdi.
31-daqiqada portugaliyalik futbolchi maydonni tark etdi. Uning o'rnini Samuel Richchi egalladi.
Jarohatning qay darajada jiddiy ekanligi tekshiruvlardan so'ng aniq bo'ladi.
