Zidan aniq "Real"ga qaytmaydi - sababi ma'lum
9 DEKABR, 2025, 01:36
Xabi Alonso bilan xayrlashishi mumkin bo'lgan "Real" bosh murabbiylikka Zinedin Zidanni taklif qilishi mumkinligi haqida avvalroq xabarlar chiqqan edi. Qayd etilishicha, hozirda frantsuzning "qaymoqranglilar" murabbiyligiga uchinchi marta kelishi ehtimoli yuqori emas.
Transfer News Live nashrining AS nashriga tayanib xabar berishicha, "Real" Zidanning murabbiylik lavozimiga qaytishi haqida o'ylamayapti.
Qayd etilishicha, Zidan Frantsiya futbol federatsiyasi bilan chuqur muzokaralar olib bormoqda va 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin terma jamoa boshqaruvida Dide Deshamning o'rnini egallashi aniq.
"Real" Ispaniya chempionatida "Selta"dan (0:2) uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda.
