logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Slot: "Salohning gaplari bilan mening obro'yimga putr etgani yo'q"

 9 DEKABR, 2025, 01:06

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa hujumchisi Muhammad Salohning klubdagi vaziyat haqidagi so'zlari uning obro'siga putur etkazdi, deb hisoblamaydi.

Eslatib o'tamiz, Saloh Slot murabbiylar shtabini tanqid qilgan edi. Hujumchi ketma-ket uchta o'yinni zaxirada boshladi va faqat bittasida zaxiradan maydonga tushdi.

Natijada misrlik futbolchi Afrika Millatlar Kubogidan keyin klubni tark etish bilan tahdid qildi, Slot esa uni Milanning "Inter" klubiga qarshi Chempionlar Ligasi o'yini qaydnomasiga kiritmadi.

"Men Salohning so'zlari bilan obro'yimga putur etdi, deb hisoblamayman. Gap menda emas, jamoa va klubga qiyinroq bo'lganida. Bu har kuni astoydil ishlaydigan xodimlarga, ayniqsa, natijalarga qanday ta'sir qilishini ko'rish og'ir," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ