G'alaba! Abdumalik Xalokov ispaniyalik bokschiga xech qanday imkoniyat qoldirmadi
8 DEKABR, 2025, 23:16
Dubay shahrida boks bo'yicha IBA Jahon chempionati davom etmoqda.Musobaqada -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olimpiada va Jahon chempioni Abdumalik Xalokov ikkinchi bosqichda ispaniyalik Enrike Kakulovga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Abdumalik ustunlikka erishdi va 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Endi Abdumalik keyingi jangini Gruziya yoki Ozarbayjon bokschisiga qarshi o'tkazadi.
Manba: olamsport.com
