logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Abdurahmon Komilov: «Tayyorgarligimiz juda yaxshi ketyapti»

 8 DEKABR, 2025, 22:48

«Andijon» klubi uchun hali mavsum yakunlangani yo'q. Yaxshi bilasiz, oldinda «Burgutlar»ni OChL 2 doirasida Qatarda «Al-Ahli»ga qarshi muhim bellashuv kutib turibdi.

Jamoa Toshkentda astoydil mashg'ulotlarga kirishdi. Jamoaning iqtidorli futbolchidan biri Abdurahmon Komilov ham astoydil shug'ullanmoqda.

Aytish kerakki, u chempionatning so'nggi turida «Bunyodkor»ga qarshi g'alaba qozongan uchrashuvimizda ham yaxshi taassurot qoldirdi. Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— «Andijon» chempionatning so'nggi o'yinida Toshkentda «Bunyodkor»ni taslim qilish orqali Superligada to'g'ridan-to'g'ri qoldi va pley-offni chetlab o'tdi. Ushbu o'yindagi g'alabadan keyin katta mas'uliyat bajarildi va o'zingiz qanday his etdingiz?

— Assalomu alaykum! Oxirgi turdagi uchrashuvda barchasi o'z qo'limizda edi. Xudoga shukurki, bizga berilgan vazifani bajardik. O'sha o'yinda g'alaba qozondik va pley-offga qolmadik. Ushbu vazifani bajarganimizdan juda xursandmiz.

— Endi oldinda jamoamizni Qatarda «Al-Ahli»ga qarshi juda muhim o'yin kutmoqda. Bu uchrashuvda ham «Andijon»ni faqat g'alaba qoniqtiradi. Bo'lajak o'yinga tayyorgarlik qanday olib borilmoqda?

— Bu uchrashuvga kelsak, hammamiz tushunib turibmizki, g'alaba qozonsak guruhdan chiqamiz, Xudo xohlasa. Yana bir tarixni yaratamiz. Tayyorgarligimiz juda yaxshi ketyapti. Nasib bo'lsa, ushbu uchrashuvda ham g'alaba qozonib, barcha muxlislarimizni xursand qilamiz.

— Ma'lumki, o'yin 24 dekabrda bo'ladi. Ungacha vaqt bor. Oraliq muddatning biroz kattaligi biz uchun yaxshimi?

— Bizda chempionat tugadi. Oraliq esa biroz katta. Lekin biz hozirda yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Oldimizda o'rtoqlik uchrashuvlari bor. Nasib bo'lsa, hammasi yaxshilikka. Muhimi, 24 dekabr kuni g'alaba qozonishimiz zarur.

— Jamoamizga Samvel Babayan bosh murabbiy etib tayinlandi va uning debyuti aynan OChL 2 bahsiga to'g'ri keladi. Yangi murabbiy bilan ishlash jarayoni siz uchun qanday kechmoqda?

— Murabbiy bilan hammasi yaxshi ketyapti. Berilayotgan ko'rsatmalarini bajarib, yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Nasib qilsa, ushbu uchrashuvda g'alaba qozonamiz.

— Shuningdek, yangi mavsumda jamoaning rejalari va maqsadlari katta. Shuni hisobga olganda, yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

— Ha, to'g'ri aytasiz. Yangi mavsumga rejalar katta. Yuqori o'rinlarni egallash maqsadi qo'yildi. Shu sababli «Andijon» muxlislarini xursand qilib, sovrinli o'rinlarni egallashga harakat qilamiz.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ