Freestyle Chess Grand Slam Finals. Javohir Sindarov saralashni 1-o'rinda yakunladi
8 DEKABR, 2025, 22:32
Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida jahon shaxmat yulduzlari ishtirokida o'tkazilayotgan nufuzli Freestyle Chess Champion 2025 turnirning saralash bahslari yakunlandi.Ushbu saralash bahslarida hamyurtimiz Javohir Sindarov 5,5 ochko jamg'argan holda, 1-o'rinni egalladi.
Endi Javohir chorak finaldagi raqibini tanlash huquqiga ega.
Saralash bahslarining yakuniy reytingi bilan tanishing:

Manba: olamsport.com
