Freestyle Chess Grand Slam Finals. Javohir Sindarov Fabiano Karuanani ham taslim etdi
8 DEKABR, 2025, 20:00
Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida jahon shaxmat yulduzlari ishtirokida o'tkazilayotgan nufuzli turnirning 4-turidan so'ng hamyurtimiz peshqadam bo'lib oldi.Umumiy mukofot jamg'armasi 750 000 dollarni tashkil etuvchi Yakuniy Grand Slam unvoni — yani, Freestyle Chess Champion 2025 bo'lish uchun sayyoramizning sakkiz nafar grossmeysteri bahs olib boryapti.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Quvonarlisi, Javohir Sindarov 1-turda jahon reytingi peshqadami norvegiyalik Magnus Karlsenni chiroyli tarzda mag'lub etganidan keyin eronlik Parham Maqsudlu hamda reytingda o'zidan yuqorida turgan amerikalik Fabiano Karuanani ham engishga muvaffaq bo'ldi. Hindistonlik Arjun Ergaisi bilan durang o'ynadi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Uch g'alaba va bir durang qayd etib turgan Sindarov turnir jadvalida peshqadam bo'lib oldi. Ikkinchi o'rindagi Levon Aronyan hisobida ham to'rt ochko bor. Magnus Karlsen 4-turda vaqti tugab qolgani bois Arjun Ergaisiga yutqazib qo'ydi. Javohir birozdan so'ng 5-turda Xans Niemannga qarshi dona suradi.

Manba: olamsport.com
