Mudrik Frantsiya yoki Ispaniyada faoliyatini davom ettirishi mumkin
8 DEKABR, 2025, 18:36
"Chelsi"ning ukrainalik vingeri Mixail Mudrik professional futbolchilik faoliyatini Ispaniya yoki Frantsiyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Footmercato. Manbaga ko'ra, futbolchining xizmatlariga "Sevilya" va "Strasburg" klublari qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, ukrainalikning ushbu klublardan biriga o'tishi Mixailning doping iste'mol qilgani uchun diskvalifikatsiyasi bekor qilingan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Mudrik 2024 yil noyabr oyida ijobiy doping testini topshirdi. Bir yildan ortiq vaqtdan beri ukrainalik vinger professional darajada futbol o'ynamayapti. Futbolchi 2028 yilgacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligi aytilgandi.
Avvalroq Mixail taqiqlangan moddalarni hech qachon ongli ravishda qabul qilmaganini isbotlash uchun yolg'on detektori testidan o'tgan edi.
