logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Van de Ven: "Jamoa Frankka ishonadi"

 8 DEKABR, 2025, 13:54

"Tottenxem" markaziy himoyachisi Mikki van de Ven jamoa bosh murabbiyi Tomas Frank haqida fikr bildirdi.

"Albatta, jamoa yaxshi o'yin ko'rsatmayotgan bo'lsa, hamma murabbiyni ayblaydi. U yangi klubga keldi va moslashishi kerak, "Tottenxem" "Brentford"dan farq qiladi. Ammo u bilan munosabatlarimiz yaxshi va jamoa unga ishonadi. U nimani xohlashini biladi va biz uning nimani xohlashini bilamiz", - deya himoyachining so'zlarini keltiradi jurnalist Rayan Teylor.

Frank "Tottenxem"ni joriy yilning yozida qabul qilib olgandi. "Shporlar" 15 turdan so'ng Premer-liga turnir jadvalida 22 ochko bilan o'ninchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ