logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Van Deyk, Saloh va «Liverpul»ning boshqa etakchi futbolchilari Arne Slotning iste'foga chiqarilishini istashmoqda

 8 DEKABR, 2025, 12:18

«Liverpul» sardori Virjil van Deyk va «qizillar»ning boshqa bir qator etakchi o'yinchilari jamoa bosh murabbiyi Arne Slot bilan munosabatlari murakkab ekanini aytgan Muhammad Saloh tomoniga o'tishdi.

Futbolchilar niderlandiyalik mutaxassisning ishdan bo'shatilishini istashmoqda, deb xabar beradi britaniyalik jurnalist Jeyms Uotlend o'zining X ijtimoiy tarmog'ida.

Avvalroq Saloh Slotni, jumladan, hurmatsizlikda ayblagan edi. Arne Slot «Liverpul»ni 2024 yil yozida qabul qilib olgan. Uning rahbarligi ostida «qizillar» 2024/2025 mavsumida Angliya chempionatida g'olib chiqqan.

Bugungi kun holatiga ko'ra, mersisaydliklar APL turnir jadvalida 15 o'yinda 23 ochko to'plab, to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ