Boks bo'yicha JCh. Bugun 7 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi
8 DEKABR, 2025, 12:06
Boks bo'yicha Jahon chempionati bahslari davom etadi. Bugun ham musobaqa doirasida saralash jaglari bo'lib o'tadi. Unda 7 nafar vatandoshimiz ringga ko'tariladi.
Juftliklar bilan tanishing:
-67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Armen Mashakaryan (Iba-Pro) A ring. 18:00
-80 kg: Javohir Ummataliev - Omurbek Bekjigit uulu (Qirg'iz Respublikasi) A ring. 19:45
-92 kg: To'rabek Habibullaev - Kalil Luan Brasil (Braziliya) A ring. 20:30
+92 kg: Arman Maxanov - Uladzislau Smiahlikau (Belarus) A ring. 21:15
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo'ziev - Anvarjan Xodjiev (Qirg'iz Respublikasi) B ring. 22:00
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Enrike Kakulov (Ispaniya) A ring. 23:00
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Vakhtang Xarutyunyan (Armaniston) A ring. 00:15
Janglar Toshkent vaqti bilan 18:00 da va ikkinchi dastur 22:00 da start oladi.
