logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Salohning kelajagi mavhumligicha qolmoqda

 8 DEKABR, 2025, 09:06

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh bosh murabbiy Arne Slot qo'l ostida o'ynash niyatida emas. Shanba kuni "Lids"ga qarshi o'yindan so'ng, 33 yoshli futbolchi samimiy intervyu berib, niderlandiyalik murabbiy bilan munosabatlari keskin yomonlashganini aytdi.

BBC xabariga ko'ra, futbolchi va murabbiy o'rtasidagi kelishmovchiliklar juda jiddiy. Misrlik mutaxassis Slot murabbiylikda qolar ekan, "Liverpul"da kelajak yo'q deb o'ylaydi. Klub qanday qaror qabul qilishi noma'lumligicha qolmoqda.

Yaqinda "qizillar" rahbariyatining Muhammad Saloh bilan bo'lgan mojaroda Arne Slotni to'liq qo'llab-quvvatlashi ma'lum bo'ldi.

Hujumchi, ehtimol, "Inter" va "Brayton"ga qarshi bo'lajak o'yinlarni o'tkazib yuboradi va keyin Afrika Millatlar Kubogiga jo'nab ketadi. Keyin nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ