logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xabi Alonso: "Bu bizga jiddiy zarba bo'ldi"

 8 DEKABR, 2025, 07:48

"Real" himoyachisi Eder Militao Ispaniya chempionatining 15-turidan o'rin olgan "Selta"ga (0:2) qarshi uy uchrashuvining birinchi bo'limida jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

24-daqiqada 27 yoshli braziliyalik futbolchi o'rnini himoyachi Antonio Ryudiger egalladi.

"Militao jarohati bizga ta'sir qildi, tiklanish qiyin bo'ldi. Biz nimanidir to'g'rilashga harakat qildik, ammo bu biz istagan o'yin emasdi," - dedi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso.

2023/24 va 2024/25 yilgi mavsumlarda Militao bir nechta jiddiy jarohatlar oldi, jumladan, xochsimon bog'lamlarning yorilishi. Natijada u jamoasining 100 dan ortiq o'yinini o'tkazib yubordi.

2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik himoyachi 16 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ