logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Reshford xizmatlariga APLning 3 grand klubi qiziqish bildirmoqda

 8 DEKABR, 2025, 02:12

"Barselona" hujumchisi Markus Reshford Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

CaughtOffside xabariga ko'ra, APLning birdaniga uchta grand klubi "Barselona" Reshfordni "Manchester Yunayted"dan sotib olishdan bosh tortsa, kelasi yozda uning transferini ko'rib chiqmoqda. Reshford xizmatiga "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 28 yoshli vinger barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Reshfordning narxi 40 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ