logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Kristal Pelas» London derbisidagi g'alaba evaziga 4-o'ringa ko'tarildi

 8 DEKABR, 2025, 00:54

"Kristal Pelas" safarda APL 15-turida "Fulxem"ni mag'lub etdi - 2:1.

Uchrashuvning 20-daqiqasida mehmonlar forvardi Edvard Nketia hisobni ochdi. 38-daqiqada mezbonlar hujumchisi Xarri Uilson o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi 87-daqiqada yakuniy hisobni o'rnatdi.

"Kristal Pelas" Angliya chempionati-2025/26 turnir jadvalida 26 ochko bilan to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Fulxem" 17 ochko bilan 15-pog'onada bormoqda.

Keyingi turda "Kristal Pelas" o'z maydonida "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib borsa, "Fulxem" safarda "Byornli" bilan kuch sinashadi.

APL. 15-tur

7 dekabr, 21:30. «Kreyven Kottedj»

Fulxem - Kristal Pelas - 1:2

Gollar: Nketia, 20 (0:1). Uilson, 38 (1:1). Gexi, 87 (1:2)

Fulxem: Leno, Bassi, Andersen, Kastan, Tete, Berge (Lukich, 76), Ivobi (Traore, 89), Smit-Rou (Kevin, 68), Chukvueze (King, 76), Uilson (Kerni, 88), Ximenes

Kristal Pelas: Xenderson, Lakrua, Gexi, Richards, Kamada, Uorton, Mitchell, Klayn (Kanvo, 77), Nketia (Lerma, 65), Pino (Devenni, 90), Mateta (Uche, 66)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ